“Yosh kitobxon” tanlovi
2024-02-15 17:38:00 / Yangiliklar
“Yosh kitobxon” tanlovining final boshqichiga start berildi

Prezidentning besh muhim tashabbusi doirasida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida 2017-yildan buyon an’anaviy tarzda “Yosh kitobxon” tanlovi o‘tkazib kelinmoqda.
Bugun Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida “Yosh kitobxon” tanlovining respublika final bosqichining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi va tanlovning 1-shartiga start berildi. Tanlov 15-fevraldan 23-fevralga qadar davom etadi.
Bugun 10-14 yosh toifasidagi ishtirokchilar 1-shart “Badiiy asarlar bilimdoni” sharti bo’yicha kuch sinashadi.
Kitobxon yoshlarimizning barchasi omad yor bo’lsin. Bizni kuzatishda davom eting.






