BMT Bosh kotibi yordamchisi O‘zbekistonda
2025-05-14 12:00:00 / Yangiliklar

15 may - Xalqaro iqlim kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan Raqamli “yashil” tashabbuslar Global yoshlar festivali doirasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Yoshlar ofisi rahbari F. Paulliyer O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasidan “Markaziy Osiyo yoshlarining kun tartibi - 2030” dasturini hamkorlikda amalga oshirish, BMT va O‘zbekiston o‘rtasida yoshlar siyosati sohasida hamkorlikni kengaytirish, bu borada tegishli vazirlik va idoralar bilan muzokaralar o‘rin olgan.
Bundan tashqari, F. Paulliyer 15 may - Xalqaro iqlim kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan Raqamli yashil tashabbuslar Global yoshlar festivalidan o‘rin olgan tadbirlarda ishtirok etadi va Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzolari va faol yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.


