Yoshlar ishlari agentligi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurash dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar
2025-05-01 20:00:00 / Matbuot anjumanlari

2024-yil va 2025-yilning birinchi choragi davomida Yoshlar ishlari agentligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda yoshlar bilan ishlash jarayonida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan ko‘plab tizimli chora-tadbirlar amalga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmon va qarorlariga asosan davlat organlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat va kadrlar tanlovi kuchaytirilgan bo‘lib, shu asosda, Yoshlar ishlari agentligida nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tekshirish tartibi joriy etilib, jarayon “Raqamli hukumat” platformasi orqali amalga oshirilmoqda. Unda 13 turdagi, jumladan, jinoiy javobgarlikka doir ma’lumotlar o‘rganilib, kadrlar tanlovi shaffofligi ta’minlanmoqda.
2. Bugungi kunga qadar:
• Yoshlar ishlari agentligi Markaziy apparatida: 5 ta trening va 5 ta seminar o‘tkazilib, jami 107 nafar xodim, Hududiy boshqarmalarda: 22 ta trening tashkil etilib, 500 nafar xodim qamrab olindi. Tuman va shahar bo‘limlarida: 25 ta seminar o‘tkazilib, 2,000 nafar yosh xodimlar qatnashdi. Xodimlarning huquqiy bilimi va korrupsiyaga qarshi kurashish ko‘nikmalarini oshirish maqsadida 50 dan ortiq maxsus trening va vebinarlar o‘tkazildi.
3. Korrupsiyaga qarshi targ‘ibot ishlari doirasida:
•80 ta targ‘ibot tadbiri o‘tkazilib, 2,000 dan ortiq yosh jalb qilindi.
•27 ta jamoat tadbiri tashkil etilib, 700 dan ortiq ishtirokchi qamrab olindi.
•OAV va ijtimoiy tarmoqlarda 15 ta axborot materiali tarqatildi.
•50 dan ortiq banner va plakatlar joylashtirildi.
4. Tashkilotda korrupsiyaga qarshi kurash va manfaatlar to‘qnashuvini baholash bo‘yicha onlayn so‘rovnoma o‘tkazilib, mas’ul bo‘linma tomonidan xodimlarni tadbirkorlik subyektlaridagi ishtirokini o‘rganildi, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha suxbatlar o‘tkazildi. Xabaringiz bor, 2024-yil 6-dekabrdan kuchga kirgan qonunga ko‘ra, davlat xodimlariga tijorat tashkilotlarida ishtirok etish taqiqlanadi, manfaatlar to‘qnashuviga rioya qilmaganlarga tegishli tartibda chora qo‘llaniladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-240-son qarori va tegishli uslubiyotga muvofiq, agentlik tizimidagi barcha bo‘linmalarda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash amalga oshirildi. Korrupsiyaga qarshi kurashishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar va OAV bilan hamkorlik kuchaytirildi.
Agentlik GRACE dasturi doirasida yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish va halollik tamoyillarini targ‘ib qilish bo‘yicha keng ko‘lamli tadbirlar o‘tkazdi.
- 9 452 mahallada targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, 682 321 yosh qamrab olindi.
- Seminar, trening va musobaqalar tashkil etilib, 2 000+ targ‘ibot materiali e’lon qilindi.
- #Bizyoshlarkorrupsiyaga_qarshimiz! kampaniyasida 2,7 mln yosh so‘rovnomalarda qatnashdi.
- 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan Respublika tadbirlarida 227 nafar yosh “Eng yaxshi rasmlar” tanlovida ishtirok etdi.
- “Street Law” loyihasi orqali 354 520 yosh huquqiy savodxonlik tadbirlariga jalb qilindi.
Xabaringiz bor, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2024-yil davomida davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi faoliyati reyting asosida baholandi.
Ushbu baholash natijalariga ko‘ra, 2023-yil yakunlari bo‘yicha faoliyati «qoniqarsiz» deb topilgan, biroq 2024-yilda o‘z faoliyatini sezilarli darajada yaxshilagan tashkilotlar qatorida Yoshlar ishlari agentligi eng yuqori – 75 ball o‘sish ko‘rsatkichini qayd etdi. Xususan, Agentlikning reyting ballari 2023-yildagi 10 balldan 2024-yilda 85 ballgacha oshdi.
Mazkur ijobiy natijalarga erishilishiga quyidagi omillar sabab bo‘ldi:
- korrupsiyaga qarshi ichki nazorat va monitoring mexanizmlari kuchaytirildi;
- huquqiy asoslar mustahkamlandi va idoraviy me’yoriy hujjatlar takomillashtirildi;
- huquqiy targ‘ibot ishlari tizimli asosda yo‘lga qo‘yildi;
- korrupsiya holatlari haqida xabar berish va xabar berganlarni himoya qilish mexanizmlari samarali ishladi;
- jamoatchilik bilan ochiq muloqot va axborotlar ochiqligi ta’minlandi.
Agentlik bundan keyin ham korrupsiyaga qarshi tizimli ishlarning samarali tashkil etilishi, mas’ul tashkilotlar va boshqa davlat organlari bilan hamkorlik qilishni davom ettiradi.
Brifingni YouTube sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin!
