O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi yuksak mukofotlar bilan taqdirlandi
2025-04-21 16:30:00 / Yangiliklar

Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan farmonga ko‘ra, U-17 Osiyo kubogida tarixiy g‘alabaga erishgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasining a’zolari, murabbiylar va sport jurnalistlari yuksak mukofotlar bilan taqdirlandi.
— Terma jamoa bosh murabbiyi Islombek Ismoilovga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni berildi.
— O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi a’zolarining barchasi “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi.
— Musobaqani keng yoritgan va sportimiz yutuqlarini millionlab yurtdoshlarimizga yetkazgan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi xodimlari Otabek Rustamovich Djurayev, “Sport” ijodiy birlashmasi bosh mutaxassisi hamda Orifjon Boxodirovich Tolipov “Futbol TV” telekanali muharriri “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.
Biz siz bilan faxrlanamiz, yosh chempionlar!



