Amir Temur tavalluddiga 689 yil to‘ldi
2025-04-09 09:00:00 / Yangiliklar
Bugun, 9-aprel, o‘zbek xalqining g‘ururi, adolat timsoli bo‘lgan buyuk sarkarda Amir Temur tavalluddiga 689 yil to‘ldi

“Kuch – birlikda!” degan shiorni hayotiy tamoyiliga aylantirgan Sohibqiron bobomiz nafaqat yurtimiz tarixida, balki butun dunyo sivilizatsiyasi taraqqiyotida chuqur iz qoldirgan. Ilm-fan, madaniyat va adolatli boshqaruv Amir Temur davrining asosiy ustunlaridan biri bo‘lgan. U yoshlarni har doim bilim olishga, jasoratli va vatanparvar bo‘lishga undagan.
Biz, yoshlar, buyuk ajdodlarimiz merosiga munosib bo‘lish uchun doimo intilishda bo‘lishimiz, bilimga chanqoq, tashabbuskor va sog‘lom g‘oyalarni ilgari suruvchi avlod bo‘lishimiz kerak.
