“Xorazm yoshlarni sevadi”
2025-03-13 13:00:00 / Yangiliklar

Xorazm viloyatida milliy madaniyatni asrab-avaylash, yosh avlodga boy merosimizni yetkazish va milliy an’analarning jamiyat hayotidagi o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan “Xorazm yoshlarni sevadi” festivali boshlandi!
11-27 mart kunlari viloyatning barcha tuman va shaharlarida o‘tkaziladigan ushbu festival aholi gavjum maskanlarda bo‘lib o‘tadi. Unda 10 dan ortiq qiziqarli loyihalar taqdim etilishi rejalashtirilgan.
Festivalning tantanali ochilishi Urganch shahridan start oldi! Milliy liboslardagi yoshlarning paradi tadbirga alohida fayz bag‘ishladi. Amir Temur nomli istirohat bog‘ida davom etgan dasturda quyidagi tadbirlar tashkil etildi: Sumalak sayli, “Beqasam-2025” milliy liboslar ko‘rgazmasi hamda Milliy xalq o‘yinlari.
Shuningdek, festival davomida Yoshlar ishlari agentligi eng ommabop loyihalar taqdimoti, “Kelajak Expo” yoshlar biznes marafoni, milliy taomlar va harbiy vatanparvarlik festivali hamda shashka musobaqalari tashkil etiladi.








