Milliy libos – millat iftixori va qadriyatlar timsoli
2025-02-07 18:50:00 / Yangiliklar

Milliy liboslar – xalqimizning boy tarixi, urf-odatlari va an’analarining ifodasi, ajdodlarimiz didi va estetik qarashlarining yorqin aksidir. Ular nafaqat tashqi ko‘rinish, balki milliy ruh va o‘ziga xoslik timsoli hamdir. Shu bois, bugungi kunda yoshlar orasida milliy liboslarga bo‘lgan qiziqishni oshirish va ularning jozibasini keng targ‘ib etish nihoyatda muhim.
Samarqandlik yoshlar milliy liboslarni kiyish orqali qadriyatlarimizni saqlash, o‘z merosimizni avaylash va yigit-qizlar qalbida milliy g‘ururni shakllantirishga munosib hissa qo‘shmoqda. Bu ezgu harakat milliy o‘zlikni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.
Siz ham milliy libos kiyib, o‘zligingizni faxr bilan namoyon eting! Chunki millat ko‘zgusi – har birimizning qiyofamiz va kiyinish madaniyatimizda aks etadi!



