“Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2025-yilgi mavsumiga tayyorgarlik
2025-01-26 18:00:00 / Yangiliklar
Olimpiadaning yangi mavsumini o‘tkazish bo‘yicha o‘quv-seminar

Bugundan Bo‘stonliq tumanidagi Yoshlar oromgohida Yoshlar ishlari agentligi, Sport vazirligi va O‘zbekiston mahallalari uyushmasi hamkorligida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2025-yilgi mavsum loyihalarini targ‘ib qilish va o‘tkazish bo‘yicha respublika o‘quv-seminari boshlandi.
Seminarda barcha hamkor tashkilotlarning masʼul vakillari ishtirok etib, olimpiadani samarali tashkil qilish va amalga oshirish yo‘nalishlarida tajriba almashmoqdalar.
O‘quv-seminar 31-yanvarga qadar davom etadi va bu jarayon “Besh tashabbus olimpiadasi”ning yangi mavsumini muvaffaqiyatli boshlashga kuchli zamin yaratadi!
#Beshtashabbusolimpiadasi






