“Yashil makon” – bolalarga ekologiya saboqlari beruvchi yangi animatsion serial
2025-01-25 20:00:00 / Yangiliklar

Bugun, Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” munosabati bilan yaratilgan “Yashil makon” animatsion multserialining premyerasi Toshkent shahridagi Kinochilar uyida tashkil etildi.
Multserialda yosh eko qahramonlar – Jasur, Binafsha va uning do‘stlari, Metin va Zuzular orqali bolalarga atrof-muhitni asrash, suvdan oqilona foydalanish, chiqindilarni belgilangan joylarga tashlash, daraxt ekish va uni parvarishlash kabi muhim saboqlar beriladi.
Multfilm 3D va 2D grafika asosida tayyorlangan bo‘lib, jami 30 qismdan iborat. Har bir qism – 12 daqiqa. Ayni vaqtda multfilmning 1-2-qismlari tayyor bo‘lgan. Ilk qismlar ertaga 19:00 da “Yashil makon” Youtube kanalida tomosha qilishingiz mumkin.
Ma’lumot uchun, bolajonlarimizning sevimli multfilmiga aylanib ulgurgan “Bek va Lola” animatsion seriali ijtimoiy tarmoqlarda 20 milliondan ortiq ko‘rildi.






