Abduqodir Husanov Manchester City futbolchisiga aylandi!
2025-01-20 23:00:00 / Yangiliklar
Husanov “City”da 45 raqam ostida to‘p tepadi

O‘zbekiston futboli tarixida yangi sahifa ochildi. Endi hamyurtimiz dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri – Manchester City safida to‘p suradi.
“Lans” sobiq futbolchisi, O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov “Manchester City” futbolchisi sifatida e’lon qilindi. “Shaharliklar” bu ma’lumotni o‘zning barcha sahifalariga joyladi. 20 yoshli Husanov “City”da 45 raqam ostida to‘p tepadi.
Ma’lumotlariga ko‘ra, “Manchester City” bu transfer uchun “Lans”ga 45 mln. yevro va bonus sifatida yana 5 mln. yevro to‘laydi.
Abduqodir Husanov Manchester klubi bilan 4,5+1-yillik sxemasidagi bitimni imzolagan.
Bu nafaqat Abduqodir Husanov uchun, balki butun O‘zbekiston futboli uchun ulkan qadam va katta yutuqdir!


