Yoshlar ovozi: Talantlar g‘alabasi!
2024-12-28 20:30:00 / Yangiliklar

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi Bo‘zatov-fest “Yoshlar ovozi” tanlovida ikki karra g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Jovliyeva Sevinch xalqaro maydonda ham o‘z iste’dodini namoyon etishda davom etmoqda.
Yaqinda Qozog‘istonning Shimkent shahrida o‘tkazilgan xalqaro “Ғажайыптар әлемi” tanlovida Sevinch o‘zining betakror ijrosi bilan “Gran-Pri” sohibi bo‘ldi! Shuningdek, jarangdor ovoz sohibi Dubay shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro “Super liga” tanlovida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi!
Eslatib o‘tamiz, Yasmina Husniddinova ham Belarus Respublikasida o‘tkazilgan xalqaro tanlovda yuqori natijalarni qo‘lga kiritib, yoshlarimizning xalqaro maydondagi salohiyatini yana bir bor namoyish etgan edi.
Bu muvaffaqiyatlar Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan “Yoshlar ovozi” tanlovining mevasidir. Loyihamiz yoshlar iste’dodini kashf etish va ularga keng imkoniyatlar yaratishda o‘z samarasini ko‘rsatmoqda!
