Yoshlar yetakchilari bilan ochiq muloqot
2024-12-20 19:05:00 / Yangiliklar

Yoshlar yetakchilari bilan ochiq muloqot
“Yoshlar forumi” doirasida Toshkent shahar yoshlar markazida O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quranboyev va Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayevning mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi!
Muloqotda dastavval, mahallalarda yoshlar yetakchilari tizimi joriy etilgani va buning natijasida 1 milliondan ortiq yoshlarning bandligi ta’minlangani alohida e’tirof etildi. Shuningdek, “Yoshlar daftari” tizimi, migratsiyadagi yoshlar bilan ishlash, chet tillar va kasb-hunarga o‘qitish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar va mavjud kamchiliklar atroflicha muhokama qilindi.
Bundan tashqari, 2025-yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar yuzasidan yangidan-yangi taklif va tashabbuslar ilgari surildi.
#Yoshlarforumi2024 #Yoshlaryetakchilari






