10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun!
2024-12-10 09:00:00 / Yangiliklar

10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun!
O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi 1992-yil 10-dekabr kuni qabul qilingan. Ushbu milliy ramz – davlat suverenitetining yuksak timsoli sifatida qonunda belgilangan bo‘lib, unga hurmat va sadoqat bilan qarash har bir yurtdoshimizning muqaddas burchi hisoblanadi.
🎼Madhiya – yuraklarda Vatan tuyg‘usini uyg‘otuvchi kuchli ifoda. Unda xalqimizning o‘tmishi, bugungi kuni va yorqin kelajagi mujassam. Madhiya milliy g‘urur, ezgu maqsad va xalqimizning mustahkam birdamligini tarannum etadi.
Yoshlar ishlari agentligi jamoasi Sizlarni ushbu muhim sana bilan muborakbod etadi! Madhiyamiz ozod xalqimizning ulug‘ ovozi sifatida tinchlik va barqarorlik ramzi bo‘lib, millatlararo totuvlik va yurtimizning rivoji haqida butun dunyoga jar solishda davom etaversin!
Serquyosh, hur oʻlkam, elga baxt, najot,
Sen oʻzing doʻstlarga yoʻldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Naqorat:
Oltin bu vodiylar — jon Oʻzbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulugʻ xalq qudrati joʻsh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bagʻri keng oʻzbekning oʻchmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zoʻr qanot!
Istiqlol mashʼali, tinchlik posboni,
Haqsevar, ona yurt, mangu boʻl obod!
Naqorat:
Oltin bu vodiylar — jon Oʻzbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulugʻ xalq qudrati joʻsh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
