“Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovi
2024-11-28 13:00:00 / Yangiliklar
Hududlarda “Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovining viloyat bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda

Jizzax viloyatida “Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi!
Bu tanlovda mahalla tizimining kelajagini shakllantirayotgan haqiqiy liderlar bir maydonda jam bo‘ldilar. Shahar va tumanlardan kelgan 58 nafar yoshlar yetakchisi 10 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘z bilimlari, tajribalari va kreativ g‘oyalari bilan bellashdilar.
G‘oliblar munosib taqdirlanib, respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.
Viloyat bosqichi g‘oliblari bilan tanishing:
- Ochilov Bobomurod Normurod o‘g‘li
- Ochilov Jasur Abduhoshim o‘g‘li
- Suyunov Dostonbek Turg‘unboy o‘g‘li
- Qo‘chqorov Shahboz Isoq o‘g‘li
- Rahimov Olim Fazliddin o‘g‘li
- Xusanov O‘tkir Abdumutallib o‘g‘li
- Abdurahmonov Aziz Jo‘mard o‘g‘li
- Ergashev Umirzoq Lapas o‘g‘li
- Jumanov Rashid Almurot o‘g‘li
- G‘ulomov Dilshod Tolibovich









