Bilasizmi?
2024-11-18 11:00:00 / Yangiliklar
Vazirlik, idora va tashkilotlarning birinchi rahbarlarga biriktirish orqali ularning muammolarini hal qilish, hayotda o‘z o‘rnini topishga ko‘mak berish bo‘yicha zarur choralar yo‘lga qo‘yildi. Joriy yilda respublikadagi 123 ming nafar “og‘ir” toifadagi yoshlar 7 965 nafar rahbarlarga biriktirildi.
Xususan, vazirlik va idoralarning 71 nafar rahbarlariga 1 937 nafar, hududiy 750 nafar rahbarlarga 15 244 nafar hamda 4 446 nafar tuman (shahar) rahbarlariga 78 851 nafar yoshlar nomma-nom biriktirildi.
Bugungi kunda qolgan 96 ming nafar “og‘ir” toifadagi yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etilib, rahbarlar tomonidan o‘zlariga biriktirilgan yoshlarning barcha muammolari hal etildi.
Jumladan:
- xulq-atvori ijobiy tomonga o‘zgargan 2 606 nafar (jami 9 753 nafar yoshlardan) probatsiya hamda 4 548 nafar (jami 14 208 nafar) profilaktika nazoratida turuvchi yoshlar muddatidan oldin hisobdan chiqarildi;
- muntazam dars qoldiruvchi 6 248 nafar (jami 7 083 nafar) yoshlar ta’limga qaytarildi;
- 3 131 ta (jami 5 751 ta) notinch oilada muhit ijobiy tomonga barqarorlashtirildi;
- xorijiy migratsiyadan qaytgan 15 458 nafar (jami 42 907nafar) yoshlar munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlandi.