Barakali yerda – barakali hosil!
2024-11-15 10:00:00 / Yangiliklar
Birgalikdagi mehnat natijasi

Jizzax viloyati, Do‘stlik tumani, Manas mahallasida yashovchi 20 nafar yosh birgalikda katta muvaffaqiyatga erishmoqda. Yoshlar yetakchisi ko‘magida ularga 1 gektar yer ajratilgan bo‘lib, avvaliga qovun, tarvuz, kungaboqar va mosh kabi turli ekinlarni yetishtirib, yaxshi daromad olishdi.
Birgalikdagi mehnatning natijasini ko‘rgan yoshlar ikkinchi hosil sifatida brokkoli karamlarini ekishdi. Yoshlar ishlari agentligi ko‘magida bu yerda yetishtirilgan brokkoli karami nafaqat mahalliy bozorlarga, balki Rossiya bozorlariga ham eksport qilinadigan bo‘ldi.
Bu jarayon haqida batafsil ma’lumotni qahramonimiz Dostonbek Qo‘ldoshevdan eshitamiz!





