“O‘zbekiston mahallalari uyushmasi kubogi”
2024-11-02 16:00:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi kubogi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-apreldagi PQ-201-son hamda 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-402-son qarorlari, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 22-avgustdagi qo‘shma qaroriga asosan mahalla yoshlari o‘rtasida gandbol bo‘yicha “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi kubogi” musobaqalarning Respublika final bosqichi tashkil etilmoqda.
Qo‘shma qarorga muvofiq gandbol bo‘yicha “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi kubogi” musobaqalarining Respublika final bosqichi joriy yilning 3-6 noyabr kunlari Andijon shahrida (Andijon Olimpiya zahiralari kollejining sport zali va Universal sport zali) o‘tkazilishi belgilangan.
Mahala yoshlari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiyadasi” doirasida bo‘lib o‘tgan mazkur sport musobaqalari 5 bosqichda tashkil etilib, mahalla bosqichlarida ishtirok etish uchun 792 ming 375 ta ishtirokchilar ro‘yxatdan o‘tib saralash bosqichlarida o‘zaro bellashdilar.
Musobaqaning hududiy 4-bosqichida mahalla jamoalari o‘rtasida o‘tgan murosasiz bellashuvlarda, har bir hududdan g‘olib bo‘lgan 14 ta jamoalarga Respublika final bosqichiga yo‘llanmalar taqdim qilindi.
joriy yilning 3-6 noyabr kunlari Andijon shahridagi Andijon Olimpiya zahiralari kollejining sport zali va Universal sport zalida gandbol bo‘yicha “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi kubogi” musobaqalarining Respublika final bosqichi tashkil etiladi.
Finalda g‘oliblar quyidagi mukofotlarga ega bo‘ladi:
🥇 1-o‘rin — Mahallaga “Universal” sport maydonchasi;
🥈 2-o‘rin — “Street Workout” maydonchasi;
🥉 3-o‘rin — “Workout” sport maydonchasi.
Final bosqichida ishtirok etadigan mahalla jamoalari;
- Qoraqalpog’iston Respublikasining “Sari oltin” ovul jamoasi;
- Andijon viloyatining “Obod turmush” mahallasi jamoasi;
- Buxoro viloyatining “Oxshix” mahallasi jamoasi;
- Jizzax viloyatining “Sovungarlik” mahallasi jamoasi;
- Qashqadaryo viloyatining “Gulshan” mahallasi jamoasi;
- Navoiy viloyatining “Oq oltin” mahallasi jamoasi;
- Namangan viloyatining “Furqat” mahallasi jamoasi;
- Samarqand viloyatining “Hofiz Sheroziy” mahallasi jamoasi;
- Sirdaryo viloyatining “Bahor” mahallasi jamoasi;
- Surxondaryo viloyatining “Jayhun” mahallasi jamoasi;
- Toshkent viloyatining “Ko‘l-ota” mahallasi jamoasi;
- Farg‘ona viloyatining “Fayz” mahallasi jamoasi;
- Xorazm viloyatining “Obod” mahallasi jamoasi;
- Toshkent shahri “Dilbuloq” mahallasi jamoasi;