O‘zbekistonlik qiz nemis tili bo‘yicha Butunjahon olimpiadasida g‘olib bo‘ldi.
2024-07-23 11:35:00 / Yangiliklar

O‘zbekistonlik qiz nemis tili bo‘yicha Butunjahon olimpiadasida g‘olib bo‘ldi.
Germaniyaning Gettingen shahrida o‘zbekistonlik Rayyona Ibrohimova nemis tili bo‘yicha Butunjahon olimpiadasida g‘olib bo‘ldi. Mazkur olimpiadada 62 davlatdan o‘quvchilar ishtirok etdi. Rayyona Ibrohimova birinchi o‘rinni bangladeshlik Mahek Xon va shimoliy makedoniyalik Ana Kotevska bilan bo‘lishdi.
Yosh o‘quvchilar orasida nemis tili bo‘yicha bilim va ijodkorlikni baholovchi tanlovda “kumush” va “bronza” Meksika, Italiya, Slovakiya, Polsha va Britaniya vakillariga nasib etdi. Rayyona 16 yoshda bo‘lib, kelajakda Germaniyada nemisshunoslik yo‘nalishida tahsil olib, tarjimon bo‘lishni rejalashtirgan.
Ushbu g‘alaba bilan hamyurtimiz Rayyonani Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!
