Millionlar o‘yinida yangi imkoniyatlar
2026-05-26 19:30:00 / Yangiliklar

Asosiy maqsad — “Har bir mahalla – futbol maydoni” tamoyili asosida hududlarda ommaviy futbolni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqishdir.
Hamkorlik doirasida “Mahalla ligasi” musobaqalari ko‘cha, mahalla, tuman, viloyat va respublika bosqichlari tizimida o‘tkaziladi. 6 milliondan ortiq yosh qamrab olinib, iqtidorli futbolchilar professional klublar uchun saralab olinadi.
Ishtirokchi jamoalar zarur futbol ekipirovkalari va inventarlar bilan to‘liq ta’minlanadi. Mahallalardagi futbol maydonlari xatlovdan o‘tkazilib, sharoiti yo‘q hududlarda yangi sport maydonchalari barpo etiladi.
G‘olib jamoalar, ularning murabbiylari hamda faol ishtirokchilar munosib taqdirlanadi. Bu orqali har bir mahalladagi yosh iqtidor egalari uchun o‘zini ko‘rsatishga va professional sportga qadam qo‘yishga real sharoit yaratilmoqda.




