“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” milliy tanloviga start berildi!
2026-05-26 15:15:00 / Yangiliklar

Unda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Bosh vazir o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri, Yoshlar ishlari agentligi hamda Kasbiy ta’lim agentligi mas’ul rahbarlari ishtirok etdi.
Loyihada 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan texnikum va OTM talabalari, shuningdek, vaqtincha band bo‘lmagan yoshlar ishtirok etmoqda.
Tanlov mehnat bozorida talab eng yuqori bo‘lgan 10 ta yo‘nalishni — elektromontaj, payvandlash texnologiyasi, santexnika, tibbiy va ijtimoiy g‘amxo‘rlik, quruq qurilish va suvoq ishlari, sartaroshlik, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, moda texnologiyalari, oshpazlik hamda kompyuter grafikasi yo‘nalishlarini qamrab oladi.
Tanlovda mahallalar kesimida 270 ming yosh, texnikumlar kesimida 11 ming nafar o‘quvchilar arizalar topshirgan.






