“Media haftalik” Buxoroda: Yangi g‘oyalar va zamonaviy kontent maydoni
2026-05-14 13:20:00 / Yangiliklar
Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi, Yoshlar ishlari agentligi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan o‘tkazilayotgan “Media haftalik” loyihasi Buxoroda qizg‘in davom etmoqda.
Mazkur loyiha jurnalistlar, matbuot kotiblari, bloger va mobilograflarni bir maydonga jamladi. Haftalik doirasida ishtirokchilar malakali ekspertlar yordamida zamonaviy media olamining eng dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z amaliy ko‘nikmalarini oshirmoqda.
Asosiy maqsad — hududlarda axborot bilan ishlash madaniyatini yangi bosqichga olib chiqish hamda raqobatbardosh, zamonga mos kontent yaratuvchilar avlodini shakllantirishdir.
