“Yetakchi Camp” navbatdagi mavsumi yakunlandi
2026-05-10 16:55:00 / Yangiliklar

Bo‘stonliq tumanidagi yoshlar oromgohida tashkil etilgan “Yetakchi Camp” davomida respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 100 nafar yoshlar yetakchilari uchun seminar-treninglar, motivatsion uchrashuvlar, intellektual hamda sport musobaqalari tashkil etildi.
Dastur davomida ishtirokchilarning liderlik, boshqaruv, jamoa bilan ishlash va samarali muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Shuningdek, camp yakunida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev bilan ochiq muloqot tashkil etilib, yoshlar yetakchilarining taklif-tashabbuslari hamda kelgusidagi rejalari muhokama qilindi.
Seminar yakunida faol yoshlar yetakchilari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi!









