Olotning chekka mahallasida zamonaviy kutubxona ochildi
2026-05-07 20:45:00 / Yangiliklar
Buxoro viloyatining eng chekka hududlaridan biri bo‘lgan Olot tumanidagi “Muxtor” mahallasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida yangi kutubxona foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev va tuman mas’ullari ishtirok etib, kitobsevar yoshlar bilan dildan suhbatlashdi.
Muloqot davomida o‘zining intiluvchanligi va bilimga chanqoqligini ko‘rsata olgan yoshlarning tashabbuslari ham e’tibordan chetda qolmadi.
Ayniqsa, 200 nafar shijoatli olotlik yoshlar Toshkentda 1 hafta davomida maroqli sayohat qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Chekka hududlarda barpo etilayotgan bunday ma’naviyat maskanlari hamda ularga qaratilayotgan e’tibor yoshlarimizning katta maqsadlar sari dadil qadam tashlashiga kuch beradi.






