Ochiq muloqot: Yoshlarning qanday takliflari qo‘llab-quvvatlandi?
2026-05-07 14:35:00 / Yangiliklar
Buxoro shahridagi texnika universitetida talaba-yoshlar bilan qizg‘in va samimiy ochiq muloqot tashkil etildi.

Uchrashuvda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev yigit-qizlar bilan dildan suhbatlashib, ularning yangi g‘oya va tashabbuslarini tingladi. Muloqot davomida yoshlar tomonidan kitobxonlikni targ‘ib qilish, xorijiy tillarni o‘rganish qamrovini kengaytirish hamda zamonaviy o‘quv markazlari tashkil etish bo‘yicha qator o‘rinli takliflar ilgari surildi.
Bildirilgan har bir loyiha batafsil muhokama qilinib, yoshlarning bu boradagi istiqbolli rejalari va tashabbuslarini amaliy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan masʼullarga aniq yo‘nalish va ko‘rsatmalar belgilab berildi.
Buxoro yoshlarining shijoati va intiluvchanligi kishini quvontiradi. Marrani doim baland oling!






