O‘zbekiston – Yaponiya: Mahalla tizimi va yoshlar masalasida yangi imkoniyatlar
2026-04-25 09:35:00 / Yangiliklar

Tashrif doirasidagi uchrashuvlarning asosiy qismi yoshlar tadbirkorligi va startaplarni xalqaro darajada qo‘llab-quvvatlashga qaratildi. Muzokaralarda ishtirok etgan Yoshlar ishlari agentligi direktori o‘rinbosari Feruzbek Ablayorov aynan ushbu yo‘nalishlarda muhim kelishuvlarga erishdi.
Xususan:
- “Yangi avlod tadbirkorlari” dasturi doirasida Yaponiyada o‘zbekistonlik yosh tadbirkorlari uchun o‘quv kurslarini tashkil etish;
- Tokio meri Yuriko Koike bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda, o‘zbekistonlik yoshlarning nufuzli “SusHi Tech Tokyo” yirik startaplar tanlovi hamda akseleratsiya va inkubatsiya dasturlarida ishtirokini ta’minlash;
- JICA tashkiloti bilan qishloq xo’jaligi sohasidagi yoshlarni “bir mahalla - bir mahsulot” tamoyili asosida qo’llab-quvvatash hamda Yaponiya oliygohlarida o‘qitish imkoniyatini beruvchi JDS dasturini boshqa sohadagi yoshlar uchun ham joriy etish;
- Yoshlar yetakchilari va mahalla raislari uchun Yaponiyada malaka oshirish dasturini tashkil etish hamda O’zbekiston va Yaponiya yoshlar almashinuvi dasturlari kengaytirish;
- Yaponiyaning Yosh tadbirkorlar palatasi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston – Yaponiya yoshlari forumi”ni o‘tkazish.
Ushbu amaliy qadamlar va innovatsion yondashuvlar o‘zbekistonlik yoshlarning xalqaro bozorga chiqishi hamda global biznes loyihalarida o‘z o‘rnini topishida muhim ko‘prik bo‘lib xizmat qiladi!
#XalqaroHamkorlik #Yaponiya






