Diqqat-diqqat! Mahallam — Loyiham dasturi rasman ishga tushdi!
2026-04-20 12:35:00 / Yangiliklar
Mazkur loyiha mahallalarni rivojlantirishga qaratilgan eng yaxshi tashabbuslarni aniqlashga xizmat qiladi. 20-apreldan boshlab mahallalarda loyihalar yaratiladi.
1-maydan 10-maygacha esa siz o‘zingizga yoqqan loyihaga Raqamli mahalla platformasi orqali ovoz berishingiz mumkin!
Loyihalar quyidagi yo‘nalishlarda bo‘ladi:
- Ekologik
- Ijtimoiy
- Iqtisodiy
Mahallangizni o‘zingiz o‘zgartiring — ovozingiz bilan muhim o‘zgarishlarni amalga oshiring!
Tashkilotchilar: O‘zbekiston Mahallalari Uyushmasi va Yoshlar ishlari agentligi
Ovoz berish: Raqamli mahalla platformasi (mobil ilova yoki veb-sayt orqali)
