Bitiruvchilar bandligi: byurokratik to‘siqlar qanday bartaraf etiladi?
2026-04-18 16:15:00 / Yangiliklar

Ma’lumki, Davlatimiz rahbari tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda har yili 600 ming yosh mehnat bozoriga kirib kelayotgani, 2030-yilga borib bu ko‘rsatkich 1 millionga yetishi alohida qayd etilgan edi.
Mazkur uchrashuvda jarayonni qiyinlashtirayotgan omillar chuqur tahlil qilinib, amaliy takliflar ko‘rib chiqildi:
1. Ishga joylashishdagi ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va mexanizmlarni soddalashtirish;
2. Yosh mutaxassislarni kasbga yo‘naltirish va qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish;
3. Hududlardagi tadbirkorlik subyektlari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
4. Bitiruvchilarni o‘z mutaxassisligi bo‘yicha manzilli ish o‘rinlariga yo‘naltirish.
Yig‘ilish yakunida idoralararo hamkorlik rejasi ishlab chiqilib, bitiruvchi yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha birgalikda amalga oshiriladigan aniq vazifalar kelishib olindi.






