Istanbulda yoshlar va ekologiya: xalqaro hamkorlikning yangi bosqichi!
2026-04-17 18:20:00 / Yangiliklar

Unda Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Dilnoza Kattaxanova va universitet rektori, professor Bahri Şahin boshchiligida qator tashkilotlar vakillari jam bo‘ldi.
Yoshlar ishlari agentligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda “Zamin” xalqaro jamoat fondi hamkorligida o‘tgan uchrashuvda Turkiya Yoshlar va sport vazirligi mas’ullari, Xalqaro yoshlar ekologik qo‘mitasi a’zolari, eko-faol talabalar hamda “Eco-Schools Uzbekistan” o‘quvchilari faol ishtirok etishdi.
Davra suhbatida qator muhim masalalar qamrab olindi:
1. Xalqaro yoshlar ekologik qo‘mitasi va “Eco-Schools Uzbekistan” faoliyati bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazilib, oldinda turgan “COP31” iqlim sammitiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi hamda qo‘mitaning 2026-2027-yillarga mo‘ljallangan ish rejasi tasdiqlandi;
2. 2026-yili Samarqandda o‘tkaziladigan “12-Yosh parlament a’zolari” global konferensiyasi haqida ma’lumot berildi. Konferensiya doirasida Turkiya Yoshlar va sport vazirligi bilan hamkorlikda maxsus “side-event” o‘tkazilishiga kelishib olindi;
3. Yoshlar ishlari agentligi qoshidagi “Yashil tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash” jamg‘armasi tomonidan xalqaro eko-startaplar va ilg‘or g‘oyalarni moliyalashtirishga qaratilgan tanlovlar e’lon qilindi.
Xizmat safari davomida Turkiya Yoshlar va sport vazirligiga qarashli yoshlar markazlarida bo‘lib, yoshlarning ijtimoiy-madaniy rivojlanishi va globallashuv davrida milliy o‘zlikni saqlab qolish tajribasi o‘rganildi.
Shuningdek, yoshlarni IT sohasida qo‘llab-quvvatlash maqsadida Turkiyaning eng yirik innovatsion xabi — “Bilişim Vadisi” (Axborot texnologiyalari vodiysi) kampusiga tashrif buyurildi. U yerda yoshlarning startap loyihalari va IT-klasterlar ekotizimi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Tashrif yakunida delegatsiyamiz a’zolari “IPU-152” doirasidagi yosh parlamentariylar forumida ham munosib ishtirok etishdi.
Xalqaro maydondagi bu kabi amaliy tashabbuslar yoshlarimizning siyosiy faolligini oshirib, kelgusidagi yangi va yirik loyihalarga mustahkam zamin yaratmoqda!







