Poytaxtda start olgan “Ta’lim va kasb-2026” xalqaro ko‘rgazmasi endi hududlarda!
2026-04-15 20:20:00 / Yangiliklar
Kuni kecha poytaxtimizda o‘tkazilgan “Ta’lim va kasb-2026” ta’lim ko‘rgazmasi dunyoning yetakchi universitetlari hamda o‘zbekistonlik abituriyentlarni yagona maydonda jamladi.
Mazkur ko‘rgazmaning asosiy maqsadi — maktab o‘quvchilari, talabalar va ularning ota-onalariga eng muhim qarorlardan biri hisoblangan ta’lim yo‘nalishi hamda kelajak kasbini to‘g‘ri tanlashda yaqindan ko‘maklashishdir. Ko‘rgazma davomida ishtirokchilar xalqaro ta’lim dasturlari, grantlar va qabul jarayonlari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi.
“Ta’lim va kasb-2026” ko‘rgazmasi respublikamizning boshqa hududlarida ham bo‘lib o‘tadi.
