Xorazmda “Voice Up – 2026” inklyuziv oromgohi start oldi!
2026-04-15 15:00:00 / Yangiliklar
Inklyuziv kelajak sari dadil qadam tashlayotgan xorazmlik 50 nafar faol, iqtidorli va tashabbuskor yoshlar orzular hamda haqiqiy imkoniyatlar tutashgan manzilda jam bo‘lishdi!
E’tiborlisi, ishtirokchilar orasida imkoniyati cheklangan yigit-qizlarning ham borligi loyihaning chinakam inklyuziv ruhini namoyon etib, teng imkoniyatlar muhitini yaratishga xizmat qilmoqda.
Xonqa sanatoriysida 14–16-aprel kunlari davom etadigan mazkur oromgoh doirasida yoshlarimiz uchun turli yo‘nalishlarda qizg‘in seminar va treninglar boshlab yuborildi.
“Voice Up – 2026” — bu sening minbaring!
#Xorazm #VoiceUp2026
