Janubda media nafasi: Surxondaryoda “Media haftaligi” qizg‘in davom etmoqda!
2026-04-14 10:35:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston janubida media muhiti yangicha ruhda shakllanmoqda — quyosh taftidek qaynoq va samimiy muhitda kechayotgan yirik loyiha hudud ijodkor yoshlarini yagona maqsad atrofida birlashtirdi.
Dastlabki kunning o‘zidayoq 100 dan ziyod ishtirokchi bir maydonda jam bo‘lib, bugungi o‘zbek mediasining holatini chuqur tahlil qildilar. Shuningdek, sohani mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha o‘ziga xos qarashlar hamda zamonaviy yondashuvlar o‘rtaga tashlandi.
Qizg‘in muhokamalar markazidan axborot makonida media xavfsizlik choralarini kuchaytirish, raqamli transformatsiya jarayonlari hamda bugunning eng muhim trendi bo'lgan sun’iy intellektdan samarali foydalanish kabi dolzarb masalalar o‘rin oldi.
Janubdagi qaynoq media jarayonlari davom etadi. Bizni kuzatishda davom eting!
#Surxondaryo #MediaHaftaligi
