Diqqat, bilimdonlar: “Yosh kitobxon” tanlovining hududiy bosqichi boshlanmoqda!
2026-04-17 / Voqealar taqvimi

Kitob javoningizdagi asarlarni qayta varaqlash va yuksak marralar sari dadil qadam tashlash vaqti keldi! Tez kunda barchamiz intiqib kutgan “Yosh kitobxon” tanlovining hududiy bellashuvlari 17-apreldan start oladi.
Hududiy bosqich ikkita shart bo‘yicha o‘tkaziladi:
1. “Badiiy asarlar bilimdoni” sharti.
Ushbu shartda o‘zbek va jahon adabiyotiga oid tegishli kitoblarning mazmun-mohiyati, g‘oyasi va ahamiyatini ishtirokchilardan sharhlab berishi so‘raladi. Ishtirokchilar badiiy asar nomini bilet orqali tanlaydi, tayyorgarlik ko‘rish uchun 1 daqiqa, javob berish uchun 2 daqiqa vaqt belgilanadi. Mazkur shart uchun 100 ballgacha baho beriladi.
2. “Tezkor savol-javob” sharti.
Ushbu shartda Ekspertlar komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan adabiyotlardan tuzilgan 5 ta savolga 5 ta javob berish so‘raladi. Tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqt ajratilmaydi, javob berish uchun 2 daqiqa vaqt belgilanadi. Mazkur shart uchun 100 ballgacha baho beriladi.
Tanlovning o‘tkaziladigan joyi va mas’ullari ushbu havolada
Bilimdonlar, barchangizga omad yor bo‘lsin! Eslatib o‘tamiz, Sizlarni elektromobil kutmoqda!
#Yoshkitobxon
