Farg‘onada “Yoshlar sayli”
2026-04-03 11:15:00 / Yangiliklar
Farg‘ona shahridagi “Ahmad al-Farg‘oniy” nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida payshanba — “Yoshlar kuni” munosabati bilan yoshlar sayli tashkil etildi.
Sayl doirasida 20 dan ortiq qiziqarli tanlovlar va shiddatli sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Unda faol ishtirok etgan yigit-qizlarimiz o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini keng ommaga namoyish etdilar.
Shuningdek, yosh tadbirkorlar, hunarmandlar va musavvirlarning noyob mahsulotlari hamda ijodiy ishlanmalari ko‘rgazmasi, kitobsevarlar uchun kitob yarmarkasi hamda sportchi yoshlarning ko‘rgazmali chiqishlari tashkil etildi.
#Fargona #YoshlarSayli #YoshlarKuni
