“Ta’lim va Kasb” — imkoniyatlar eshigi!
2026-03-31 10:05:00 / Yangiliklar
Ushbu ko‘rgazmada 100 dan ortiq mahalliy va xorijiy oliygohlar ishtirok etadi. Tadbir davomida siz kasb tanlash, xorijda o‘qish, ta’lim grantlari, zamonaviy kasb-hunarlar va malaka oshirish kurslari bo‘yicha bevosita mutaxassislarning o'zidan ishonchli ma’lumotlar olishingiz mumkin. Shuningdek, ishtirokchilar uchun foydali seminarlar va ochiq muloqotlar tashkil etiladi.
Ko‘rgazma o‘tkaziladigan sana va shaharlar:
- Toshkent – 13–14-aprel;
- Samarqand – 16-aprel;
- Buxoro – 18-aprel;
- Farg‘ona – 20-aprel;
- Andijon – 22-aprel;
- Namangan – 24-aprel;
- Urganch – 27-aprel;
- Nukus – 29-aprel;
- Navoiy – 1-may.
Ko‘rgazmalarga kirish barcha uchun bepul! Biroq tashrif buyurishdan avval www.myexpo.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak bo‘ladi.
