O‘zbekiston yoshlari Buyuk Britaniyadagi nufuzli xalqaro musobaqada munosib ishtirok etishdi!
2026-03-30 23:00:00 / Yangiliklar

Intellektual mulk huquqi sohasiga bag‘ishlangan ushbu nufuzli bellashuvda dunyoning eng yetakchi universitetlari talabalari o‘zaro kuch sinashdilar. Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti iqtidorli talabalari hamda ularning murabbiyi himoya qilishdi.
Tarixda ilk bor vakillarimiz bunday yuqori darajadagi bellashuvda ishtirok etib, bilimlarini namoyish etishdi va musobaqaning faxriy sovrinlaridan biri — “Professor David Vaver Spirit of the Moot Award” (Moot musobaqasining eng yaxshi ruhini namoyon etgan jamoa mukofoti) bilan taqdirlanishdi.
Musobaqa davomida jamoa a’zolari:
• Madinabonu Jumaniyozova — talaba
• Ulug‘murod Do‘stmurodov — talaba
• Xushro‘ya Abdullayeva — talaba
• Ma’muraxon Turg‘unboyeva — murabbiy
Ular yuqori darajadagi huquqiy bilim, chuqur tahliliy fikrlash hamda professional nutq madaniyatini namoyon etib, yakunda munosib yutuqlar bilan taqdirlandilar. Hozirda yoshlarning quvonchi cheksiz!
Iqtidorli yoshlarning xalqaro huquq doiralaridagi ishtiroki yurtimizda intellektual mulk huquqi sohasi rivojlanib borayotganidan va yigit-qizlarimizning yuksak salohiyatidan yorqin darakdir! Biz ularga kelajakdagi barcha loyihalarida va ishlarida ulkan zafarlar hamda omad tilab qolamiz!



