O‘zbekiston–Tojikiston yoshlar forumi
2026-03-27 22:50:00 / Yangiliklar

Tadbir doirasida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ikki mamlakat yoshlari o‘rtasida do‘stlik va hamkorlikni kengaytirish, yigit-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bugungi kunning eng muhim yo'nalishlaridan biri ekanligi ta’kidlandi.
Shuningdek, mehmonlar Agentlik huzurida muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan yirik loyihalar bilan tanishdilar.
Forum qatnashchilari “InnoTexnoPark” hamda “IT Park” majmualarida bo‘lib, yurtimizda innovatsiyalar va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish borasidagi ulkan imkoniyatlarga guvoh bo‘ldilar.
Shu bilan birga, delegatsiya a’zolari uchun O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bo‘ylab maxsus ekskursiya uyushtirilib, qardoshlarimiz xalqimizning boy milliy merosi va tarixiy qadriyatlari bilan yaqindan tanishdilar.
Forum ikki mamlakat yoshlari o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini mustahkamlash, yoshlar tashkilotlari o‘rtasida samarali hamkorlik platformasini yaratishda muhim qadam bo‘lgani e’tirof etildi.









