Mehnat yarmarkasidan ochiq muloqotgacha: Qashqadaryoda yoshlar siyosati amalda
2026-03-24 23:05:00 / Yangiliklar

Qarshi shahridagi “Alisher Navoiy” nomidagi istirohat bog‘ida yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Unda viloyatdagi 50 dan ortiq korxona va tashkilot o‘zlarining 2 mingdan ziyod bo‘sh ish o‘rinlari bilan faol ishtirok etishdi. Yuzlab yigit-qizlar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha doimiy ishlarga yo‘llanma oldilar.
Shundan so‘ng, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev boshchiligida viloyatdagi o‘quv markazlari, nashriyotlar hamda kitob do‘konlari rahbarlari ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Samimiy va amaliy ruhda kechgan uchrashuvda yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish hamda hududda kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish borasidagi foydali takliflar atroflicha muhokama qilindi.
Muloqot yakunida ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan tashabbuskor yosh tadbirkorlarni amaliy qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Ko‘mak” loyihasi doirasida 130 million so‘mlik vaucherlar topshirildi.
Hududlardagi o‘rganishlar va yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ishlari davom etadi!









