Umummilliy AI Hackathon endi Termizda!
2026-03-24 09:05:00 / Yangiliklar
31 mart – 3 aprel kunlari Termizda O‘zbekistonning raqamli rivojlanish sohasidagi loyihalardan biri — "National AI Hackathon"ning navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Bu bosqich iqtidorli yosh mutaxassislarga o‘z jamoalari bilan birgalikda innovatsion AI-yechimlarni ishlab chiqish va ularni amaliyotga tatbiq etish imkonini beradi.
Format: real hayotiy vazifalar, mentorlar ko‘magi va ekspertlar bahosi. Eng yaxshi loyihalar keyingi bosqichlarda rivojlantiriladi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun: ai-hackathon.uz
Ro‘yxatga olish 28-martgacha davom etadi va faqat Surxondaryo viloyati yoshlari uchun ochiq.
Yangiliklarni kuzatib borish uchun kanalimizga obuna bo‘ling!
@ai_alliance_uz
@aihackathon_uz
