VIII Toshkent xalqaro marafoni – 2026
2026-03-16 13:00:00 / Yangiliklar

Sakkizinchi yil ketma-ket o‘tkazilayotgan mazkur nufuzli sport tadbiri bugungi kunda mamlakatimizning eng yirik sport tadbirlaridan biri hisoblanadi. Unda dunyoning 30 dan ortiq davlatidan 15 000 nafardan ziyod ishtirokchi kutilmoqda.
Marafon World Athletics tomonidan beriladigan “World Athletics Label” maqomiga ega nufuzli xalqaro sport tadbiridir. Xalqaro marafonda qayd etilgan natijalar World Athletics tomonidan tan olinadi.
Tadbir tashkilotchilari:
— O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi
— O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi
— ProRun kompaniyasi
Marafon yo‘nalishlari:
• 42 km – Klassik marafon
• 21 km – Yarim marafon
• 10 km
• 5 km – Fun Run
• Nogironligi bo‘lgan sportchilar o‘rtasida alohida musobaqalar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Xalqaro marafonda professional sportchilar ham, havaskor yuguruvchilar ham ishtirok etishlari mumkin.
Tadbir dasturi
4-aprel (shanba) – HUMO Arena
17:00 – Bolalar yugurishi
19:00 – Ochilish marosimi
19:30 – Salyut
19:35–21:00 – Konsert
5-aprel (yakshanba)
05:00 – Musobaqa ishtirokchilarining to’planish vaqti
06:00 – 42 km start
07:30 – 21 km start
09:00 – 10 km start
10:00 – Taqdirlash marosimi
11:00 – 5 km start
12:00 – Yopilish marosimi
Marafonning start va finish nuqtalari HUMO Arena maydonida joylashadi. Musobaqa ishtirokchilari belgilangan masofani Toshkent shahrining quyidagi ko‘chalari bo‘ylab bosib o‘tadi:
START: Afrosiyob ko‘chasi ⟶ Islom Karimov ko‘chasi ⟶ Sharof Rashidov ko‘chasi ⟶ Shahrisabz ko‘chasi ⟶ Oybek ko‘chasi ⟶ Nukus ko‘chasi ⟶ Abdulla Qodiriy ko‘chasi ⟶ Beshyog‘och ko‘chasi ⟶ FINISH: Afrosiyob ko‘chasi (Finish)
Ro‘yxatdan o‘tish: ProRun.uz yoki @prorunuzbot
Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun havola
VIII International Tashkent Marathon — bu sport, sog‘lom turmush tarzi va bayram kayfiyatini o’zida birlashtirgan yirik xalqaro tadbirdir. Barchangizni ushbu sport bayramida faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!





