“Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari taqdirlandi
2026-03-07 10:45:00 / Yangiliklar
Kuni kecha poytaxtimizdagi O‘zbekiston xalqaro anjumanlar saroyida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari tantanali ravishda taqdirlandi. Tadbirda bir qator vazirlik, idora va tashkilot mas’ullari ishtirok etdi.

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlangan ijodkor ayol-qizlarimizga tabriklar yo‘llanib, maxsus esdalik sovg‘alari topshirildi.
Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan barcha sovrindorlarni ushbu yuksak e’tirof bilan muborakbod etamiz! Sizning azmu shijoatingiz, ijodingiz va mehnatingiz barchaga o‘rnak bo‘lsin!
#Zulfiya #8Mart






