Farg‘onada tadbirkorlik, yirik sarmoyalar va faol yetakchilar e’tiborda!
2026-03-04 14:35:00 / Yangiliklar

Farg‘ona texnika universitetida biznes boshlash istagidagi yoshlar hamda tijorat banklari ishtirokida amaliy muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda Milliy bank hamda Aloqabank mas’ullari tomonidan yoshlarga startap loyihalarni moliyalashtirish, biznes-reja asosida imtiyozli kreditlar ajratish va yangi ish o‘rinlari yaratish dasturlari bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.
Marg‘ilon shahridagi Raqamli texnologiyalar markazida o‘tkazilgan “Startap arena” tanlovi doirasida yosh tadbirkorlarning istiqbolli loyihalari taqdimoti bilan yaqindan tanishildi. Ta’kidlash joizki, davlatimiz rahbarining tegishli qaroriga muvofiq, yoshlarning innovatsion startap loyihalariga 100 ming dollargacha sarmoya kiritish imkoniyati yaratilgan bo‘lib, bu yosh tadbirkorlar uchun ulkan imkoniyatdir.
Kun so‘ngida Farg‘ona viloyatida “Yetakchilar forumi” doirasida ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbirda respublika bo‘yicha TOP-100 reytingidan munosib o‘rin olgan 9 nafar faol va tashabbuskor yetakchilar taqdirlandi. Muloqot davomida hududlarda yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, erishilgan natijalarni sarhisob qilish hamda yangi istiqbolli tashabbuslar yuzasidan muhokama o‘tkazildi.
Ayni damda Respublika komissiyasi a’zolari Andijon viloyatida o‘rganishlarni davom ettirmoqda.









