Farg‘onada yoshlar bandligi va yashil tashabbuslar e’tiborda!
2026-03-03 19:35:00 / Yangiliklar

Navbatdagi manzil Farg‘ona shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi bo‘ldi. Bu yerda ish beruvchilar va yoshlarni bevosita bog‘lovchi yirik mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Yarmarkada hududdagi korxona va tashkilotlar o‘zlaridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlarini taqdim etdi. Yoshlar ish beruvchilar bilan yuzma-yuz suhbatlashib, natijada bir qator yigit-qizlarning bandligi ta’minlandi.
Shuningdek, Yashil tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan “Yashil innovatsiyalar” tanlovining viloyat bosqichi ham bo‘lib o‘tdi. Unda yoshlarning ekologik loyihalari, energiya tejamkor ishlanmalari hamda atrof-muhitni asrashga qaratilgan ilg‘or g‘oyalari taqdim etildi. Eng munosib loyihalar saralanib, tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.
Ushbu amaliy harakatlar yoshlar bandligini ta’minlash, ularning iqtidorini ro‘yobga chiqarish va hududda yashil rivojlanish g‘oyalarini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.






