Toshkent viloyatida yoshlar imkoniyatlari va muammolari o‘rganilmoqda
2026-02-19 14:00:00 / Yangiliklar

Ayni kunlarda Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi Toshkent viloyatida o‘z o‘rganishlarini davom ettirmoqda.
Ishchi guruh e’tibor markazida hududlarda yoshlar uchun yaratilgan imtiyozlarning real holati, xususan, ta’lim, tadbirkorlik, bandlik va dehqonchilik yo‘nalishlaridagi imkoniyatlardan foydalanish darajasi turibdi. Eng muhimi, har bir imtiyozdan foydalangan yoshlar bilan bevosita muloqot qilinib, mavjud holat yuzma-yuz o‘rganilmoqda.
Xususan, Chinoz tumanidagi Mevazor mahallasida 45 nafar yoshga issiqxonalar tashkil etish uchun 30 gektardan ortiq yer maydoni ajratilgan. Ishchi guruh a’zolari ushbu yerlarda mehnat qilayotgan yoshlar bilan uchrashib, ularning yillik daromad va yetishtirilayotgan mahsulotlarga bo‘lgan talab darajasi bilan tanishdilar.
O‘rganishlar Toshkent viloyatining barcha hududlarida davom etmoqda.





