CEFR yoki Milliy sertifikat imtihonini bepul topshirish imkoniyati!
2026-02-11 19:30:00 / Yangiliklar
Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda xorijiy tillarni o‘rganishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 11–21-fevral kunlari “WikiAntiKorrupsiya” onlayn tanlovi bo‘lib o‘tadi.

Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda xorijiy tillarni o‘rganishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 11–21-fevral kunlari “WikiAntiKorrupsiya” onlayn tanlovi bo‘lib o‘tadi.
Ishtirok etish shartlari juda oddiy. @WikiTanlov_bot orqali ro‘yxatdan o‘tasiz, do‘stlaringizni taklif qilasiz va Korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusidagi 40 ta test savoliga javob berasiz.
Tanlov yakunida eng yuqori natija ko‘rsatgan 30 nafar g‘olibning Milliy sertifikat yoki CEFR imtihonida ishtirok etish xarajatlari qoplab beriladi.
Tashkilotchilar: Yevropa Ittifoqi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Yoshlar ishlari agentligi.
Bilimingizni sinang va imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
