Yoshlar parlamenti: Yangi g‘oyalar, siyosiy iroda va ochiq muloqot maydoni
2026-02-08 09:00:00 / Yangiliklar

Ayni kunlarda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida “Yoshlar fikri – parlament kuchi” shiori ostida “Parlament oromgohi” o‘quv-seminari qizg‘in davom etmoqda.
O‘quv doirasida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva, Yoshlar ishlari agentligi direktori, senator Alisher Sa’dullayev Yoshlar parlamenti aʼzolari bilan uchrashib, samimiy va ochiq muloqot o‘tkazishdi.
Uchrashuvda Yoshlar parlamenti yoshlar manfaatlarini himoya qilish, qonun loyihalarini takomillashtirish va davlat dasturlari ijrosini nazorat qilishda chinakam ta’sir kuchiga ega bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi. Shu maqsadda parlament a’zolariga Senat qo‘mitalari va mahalliy Kengashlar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda joylardagi muammolarni hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Shuningdek, mahalliy byudjet shakllanishi va nazoratida faol ishtirok etish, xotin-qizlarni STEM yo‘nalishiga jalb qilish, korrupsiya va narkojinoyatlarga qarshi kurashish masalalariga alohida urg‘u berildi.
Yoshlarning xalqaro tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, xususan, 2026-yilda Samarqand shahrida Yoshlar parlamentlari a’zolarining global konferensiyasini tashkil etish ustuvor vazifa sifatida qayd etildi.
Eslatib o‘tamiz, oromgohning ilk kunida Yoshlar parlamentining II yalpi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Oromgoh davom etmoqda. Bizni kuzatib boring!









