“Work and Travel” raqamlarda
2026-02-06 18:00:00 / Yangiliklar

Davlatimiz tomonidan talaba yoshlarning xorijiy tillarni mukammal o‘rganishi, dunyoqarashini kengaytirishi va rivojlangan davlatlarda mehnat tajribasini orttirishi uchun keng sharoitlar yaratilgan.
Xususan, “Work and Travel” dasturi doirasida AQSh, Yevropa , Janubiy Koreya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiya kabi davlatlarga borishni maqsad qilgan yoshlarga yo‘l va boshqa xarajatlar uchun BHMning 40 baravari miqdorida ssuda mablag‘lari ajratilmoqda.
2025-yilda ushbu imkoniyatdan foydalanish uchun respublika bo‘yicha jami 648 nafar talaba ariza topshirdi. Saralash natijalariga ko‘ra, 97 nafar yoshning xorijga (Germaniya va Bolgariya) chiqish xarajatlari qoplab berildi.
Ushbu imkoniyatdan unumli foydalanayotgan yetakchi hududlar sifatida Samarqand (34 nafar), Farg‘ona (12 nafar) va Jizzax (10 nafar) viloyatlari qayd etildi.
Yoshlarning xalqaro maydondagi harakati davom etadi!
Ariza topshirish uchun havola
