Tayinlov
2026-02-04 15:00:00 / Yangiliklar
Agentlik direktoriga maslahatchi tayinlandi

Abidova Shirin Raximjanovna — Yoshlar ishlari agentligi direktori maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Shirin Abidova O‘zbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi rahbari lavozimida faoliyat olib borgan. Uzoq yillar davomida ijtimoiy sohalarda yirik loyihalarni amalga oshirib, minglab yoshlarni ezgu maqsadlar yo‘lida birlashtira olgan.
Ishonamizki, uning boy tajribasi va tashabbuskorligi Agentlik faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan Shirin Abidovani yangi lavozim bilan tabriklab, mas’uliyatli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
