“Tata Steel Chess 2026” — Hamyurtlarimiz tantanali tarzda kutib olindi!
2026-02-03 09:00:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 16-yanvar – 1-fevral kunlari Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli “Tata Steel Chess 2026” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 16-yanvar – 1-fevral kunlari Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli “Tata Steel Chess 2026” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqada tarixiy natijalar qayd etgan shaxmatchilarimiz bugun tongda Toshkent xalqaro aeroportida ota-onalari, Sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi mutasaddilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida tantanali ravishda kutib olindi.
Chempionlarimiz bilan faxrlanamiz va ularga kelgusi musobaqalarda yanada ulkan zafarlar tilaymiz!






