O‘zbekistonlik yosh ixtirochilar Astanada zafar quchdi!
2026-01-28 15:15:00 / Yangiliklar
Qozog‘istonning Astana shahrida bo‘lib o‘tgan “FIRST TECH Challenge” xalqaro robototexnika musobaqasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan ikki jamoamiz yuqori natijalarni qo‘lga kiritdi.

Qozog‘istonning Astana shahrida bo‘lib o‘tgan “FIRST TECH Challenge” xalqaro robototexnika musobaqasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan ikki jamoamiz yuqori natijalarni qo‘lga kiritdi.
Murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra, har ikkala jamoamiz ham o‘z mahoratlarini munosib namoyish etib, “Markaziy Osiyo birinchiligi” yo‘llanmasiga ega bo‘ldilar.
Quvonarlisi, jamoalarimizdan biri o‘zaro hamjihatligi va yuksak jamoaviy ruhi uchun “International excellence for good team work” nominatsiyasi g‘olibi deb topildi.
Xalqaro maydonda yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘targan yosh ixtirochilarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan qutlaymiz!



