O‘zbekiston: Uchinchi Renessans – taraqqiyot konsepti
2025-12-11 15:30:00 / Yangiliklar
“O‘zbekiston: Uchinchi Renessans – taraqqiyot konsepti” nomli kitobining o‘zbek tilidagi nashri taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida pokistonlik jurnalist va yozuvchi Muhammad Abbos Xonning “O‘zbekiston: Uchinchi Renessans – taraqqiyot konsepti” nomli kitobining o‘zbek tilidagi nashri taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Mazkur kitob badiiy-publitsistik asar bo‘lib, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan Uchinchi Renessans g‘oyasi va amalga oshirilayotgan islohotlar dasturining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan. Unga so‘zboshini Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif yozgani esa davlatlarimiz rahbarlari va xalqlarimiz o‘rtasidagi ishonch va yaqin do‘stlikning yorqin ramzidir.



